1. Kirish
Parvoz — ota-onalar va vasiylar uchun mo'ljallangan oilaviy xavfsizlik va nazorat ilovasi. Ushbu maxfiylik siyosati biz qanday shaxsiy ma'lumotlarni yig'ishimiz, ulardan qanday foydalanishimiz va ularni qanday himoya qilishimizni tushuntiradi.
Ilovadan foydalanishni boshlash orqali siz ushbu shartlarga rozilik bildirasiz. Agar siz biron bir bandga rozi bo'lmasangiz, iltimos, ilovani ishlatmang.
Mas'ul shaxs: Parvoz jamoasi (O'zbekiston, Toshkent). Aloqa: farzandimtech@gmail.com
2. Yig'iladigan ma'lumotlar
A) Ota-ona/vasiy ma'lumotlari:
- Telefon raqami (autentifikatsiya uchun)
- Email manzili (ixtiyoriy, kirish va parol tiklash uchun)
- Profil ma'lumotlari (ism, profil rasmi)
- Qurilma identifikatori (FCM token — push xabarlar uchun)
- Qurilma turi va OS versiyasi (texnik nosozliklarni aniqlash uchun)
- Ota-onaning o'z joriy joylashuvi (faqat xaritada "mening joylashuvim" tugmasi bosilganda)
B) Bolaga oid ma'lumotlar (bola qurilmasidagi ilova orqali):
- Ism, yosh, jinsi
- Profil rasmi (ixtiyoriy)
- Joriy GPS joylashuv va harakat tarixi — ilova yopiq yoki fonda ishlayotganda ham doimiy yig'iladi (
ACCESS_BACKGROUND_LOCATION). Bu — ilovaning asosiy vazifasi: ota-ona farzandi qayerdaligini xaritada ko'rishi va geo-zona ogohlantirishlarini olishi uchun
- Wi-Fi tarmoq nomi (joylashuv aniqligini oshirish uchun)
- Foydalanilgan ilovalar, kategoriyalari va vaqtlari (cheklov sozlamalarini ta'minlash uchun)
- Qurilma model va batareya holati
- Ovozli xabarlar — mikrofon orqali yoziladi (
RECORD_AUDIO), faqat bola o'zi yozganda va faqat oila ichidagi yozishma uchun
- Video xabarlar va suratlar — kamera orqali yoziladi (
CAMERA), faqat bola o'zi yozganda yoki ota-ona so'rovini tasdiqlaganda
- Kunlik qadamlar soni (sog'liq ma'lumoti — quyidagi 2.1-bandga qarang)
Ovoz va video yozuvlari MinIO xotirasida shifrlangan kanal orqali saqlanadi, faqat shu oila a'zolariga ko'rinadi va boshqa faollik ma'lumotlari bilan bir xil (90 kun) muddatda avtomatik o'chiriladi.
Hech qanday ma'lumot reklama yoki uchinchi tomonlarga sotish uchun ishlatilmaydi.
2.1. Sog'liq ma'lumotlari (Health Data)
Parvoz Growth (bola ilovasi) bolaning kunlik qadamlar sonini Android Health Connect tizimidan (yoki qurilmaning o'z qadam sanagich sensoridan) o'qiydi. Bu — so'raladigan yagona sog'liq ma'lumoti turi: yurak urishi, uyqu, vazn, kaloriya yoki boshqa hech qanday tibbiy/sog'liq ma'lumoti o'qilmaydi va yig'ilmaydi.
- Ruxsatlar (ikkitasi):
android.permission.health.READ_STEPS — Health Connect'dagi bugungi qadam jamini o'qish (Samsung Health kabi ilovalar ham shu yerga yozadi)
android.permission.ACTIVITY_RECOGNITION (Jismoniy faollikni aniqlash) — qurilmaning o'z qadam-sanagich sensoridan real vaqtda qadam o'qish, Health Connect mavjud bo'lmagan qurilmalarda
Ikkalasi ham faqat bola ilova ichida aniq rozilik ekranini ko'rib, tasdiqlagandan keyin so'raladi.
- Maqsad: ota-onaga bolaning haftalik/kunlik jismoniy faollik (qadam) statistikasini ko'rsatish
- Ulashish: qadam ma'lumotlari uchinchi tomonlarga hech qachon berilmaydi, sotilmaydi yoki reklama maqsadida ishlatilmaydi — faqat tegishli bolaning ota-ona akkauntida ko'rsatiladi
- Saqlash muddati: boshqa faollik ma'lumotlari bilan bir xil — 90 kundan eskisi avtomatik o'chiriladi
2.2. Qurilma boshqaruvi (Device Admin) — ixtiyoriy
Ota-ona xohlasa, bola ilovasida "O'chirishni taqiqlash" funksiyasini yoqishi mumkin. Yoqilgan holda ilova Android Device Administrator huquqini oladi va bola ilovani ota-ona ruxsatisiz o'chira olmaydi.
- Bu funksiya sukut bo'yicha O'CHIQ — faqat ota-ona ataylab yoqsa ishlaydi
- Istalgan vaqtda o'chirilishi mumkin: qurilma Sozlamalari → Xavfsizlik → Qurilma administratori ilovalari
- Device Admin huquqi faqat o'chirishdan himoya uchun ishlatiladi — u orqali hech qanday qo'shimcha shaxsiy ma'lumot yig'ilmaydi
3. Maqsad va huquqiy asos
Ma'lumotlar quyidagi maqsadlarda qayta ishlanadi: bola xavfsizligini ta'minlash (joylashuv kuzatuvi, geo-zona ogohlantirishlari), ota-ona nazorati (ilova cheklovlari, jadval), ovozli va video xabarlar (oila aloqasi), akkaunt autentifikatsiyasi va xavfsizligi, ilovaning texnik ishlashini ta'minlash.
Huquqiy asos:
- O'zbekiston Respublikasi: ZRU-547 "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi qonun (02.07.2019), 19-modda
- COPPA (AQSh): ota-onaning aniq roziligi (verifiable parental consent)
- GDPR (Yevropa foydalanuvchilari uchun, qo'llanilsa): qonuniy manfaat (Art. 6.1(f)) va bolaga oid ma'lumotlar uchun ota-ona roziligi (Art. 8)
4. Infratuzilma va uchinchi tomon xizmatlari
Foydalanuvchi ma'lumotlari va media fayllar o'zimizning xususiy serverlarimizda (farzandimedu.uz infratuzilmasi) saqlanadi:
- PostgreSQL — asosiy ma'lumotlar bazasi (profillar, sozlamalar, joylashuv yozuvlari)
- MinIO — media fayllar xotirasi (rasmlar, ovoz, video)
- Autentifikatsiya o'z JWT tizimimiz orqali (Firebase Auth emas)
Quyidagi tashqi xizmatlar cheklangan maqsadlarda ishlatiladi:
- Firebase (Google LLC): faqat push-bildirishnomalar (FCM), nosozlik hisobotlari (Crashlytics), anonim analitika (Analytics) va ilova haqiqiyligini tekshirish (App Check). Firebase bizning ma'lumotlar bazamiz sifatida ishlatilMAYDI.
- Eskiz.uz: telefon raqamini tasdiqlash uchun SMS-kod yuborish
- Google Sign-In / Apple Sign-In: ixtiyoriy ijtimoiy kirish
- OpenStreetMap: xarita plitkalarini ko'rsatish (joylashuvni vizualizatsiya qilish)
- To'lov provayderi: obuna to'lovlarini qayta ishlash. To'lov (karta) ma'lumotlarini biz saqlamaymiz — ular to'g'ridan-to'g'ri provayder tomonida ishlanadi.
Ushbu xizmatlar o'z maxfiylik siyosatlariga binoan ishlaydi:
Google ·
Firebase ·
Apple
5. Ma'lumotlarni saqlash muddati
- Faol akkaunt: akkaunt o'chirilmaguncha saqlanadi
- Joylashuv va ilova-foydalanish ma'lumotlari: 90 kundan eskisi avtomatik o'chiriladi
- Akkaunt o'chirilganda: profil, media fayllar va bog'liq ma'lumotlar darhol o'chiriladi (server tomonida)
- Tizim loglari (shaxsni aniqlamaydigan): maksimum 1 yil — xavfsizlik va xato tahlili uchun
6. Bola ma'lumotlari (maxsus himoya)
Voyaga yetmagan bolalar uchun maxsus himoya choralari qo'llaniladi. Bola ma'lumotlari faqat ota-ona/vasiy aniq roziligi asosida va minimal hajmda yig'iladi.
Bola ma'lumotlari HECH QACHON:
- reklama uchun ishlatilmaydi
- uchinchi tomonlarga sotilmaydi
- profiling yoki targeting uchun ishlatilmaydi
- texnik xizmatdan tashqari uchinchi tomon bilan baham ko'rilmaydi
Parvoz "parental control" toifasidagi ilova: bola qurilmasidagi ilovada ma'lumot yig'ishdan oldin aniq rozilik ekrani ko'rsatiladi va uni faqat ota-ona/vasiy tasdiqlashi mumkin.
7. Foydalanuvchi huquqlari
- Ko'rish: Sozlamalar → Profil va Sozlamalar → Bolalar boshqaruvi
- Tahrirlash: barcha kiritilgan maydonlar tahrirlanadi
- O'chirish: Sozlamalar → Hisobni butunlay o'chirish (barcha ma'lumotlar server tomonida o'chiriladi)
- E'tiroz: farzandimtech@gmail.com manziliga yozing
Murojaat 30 kun ichida javob beriladi (GDPR Art. 12.3 uslubida).
8. Xavfsizlik
- TLS/HTTPS shifrlash — barcha tarmoq trafigi
- JWT autentifikatsiya + server tomonida ruxsat nazorati (har bir so'rov serverda tekshiriladi)
- Tokenlar qurilmada xavfsiz xotirada saqlanadi (Android Keystore / iOS Keychain)
- App Check (Play Integrity / DeviceCheck) — soxta klientlarni bloklash
- Audit log va server tomonida atomik tozalash
Ma'lumotlar buzilishi yuz berganda, ta'sirlangan foydalanuvchilar 72 soat ichida xabardor qilinadi (GDPR Art. 33-34 uslubida).
9. O'zgarishlar
Ushbu maxfiylik siyosati vaqti-vaqti bilan yangilanishi mumkin. Muhim o'zgarishlar bo'lganda foydalanuvchilar ilova ichidagi bildirishnoma va/yoki email orqali xabardor qilinadi.
10. Aloqa
11. Yuridik holat
Ushbu maxfiylik siyosati O'zbekiston Respublikasi qonunlariga binoan tartibga solinadi. Hujjat 2026-07-25 sanasida kuchga kirgan.